Shvetsiya tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2023-yilning 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Shvetsiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlar ikki tomonlama munosabatlar yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani, turli darajadagi aloqalar faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. Shu o‘rindi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri T.Billstryom Stokgolmda O‘zbekiston Elchixonasi ochilgani uchun minnatdorlik bildirib, diplomatik missiya mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni boyitishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ustuvor sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy rivojlanish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.