Shri-Lanka Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

 

2022-yil 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali Sabri bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish bo'yicha fikr almashildi.

Tomonlarning BMT, ShHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirish tayyorligi qayd etildi.

Shri-Lanka Tashqi ishlar vaziri O'zbekiston tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy  aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Savdo, investitsiyalar, sayyohlarni jalb qilish, qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha ikki mamlakat o'rtasida shartnoma-huquqiy bazani kengaytirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий