ShHT tashkil etilganining 21 yilligi munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi

 

2022-yil 15-iyun kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganining 21 yilligiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir ShHT Xalq diplomatiyasi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov ochib berar ekan, shu yilning may oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalq diplomatiyasi forumi va uning yakunlari boʻyicha Toshkent kommyunikesi qabul qilingani “ShHT oilasi” xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga muhim turtki boʻlganini taʼkidladi. 

Oʻzbekiston Respublikasining ShHT ishlari boʻyicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov taʼkidlaganidek, ShHT faoliyatining muvaffaqiyati 2002-yilda ShHT Xartiyasida qabul qilingan “Shanxay ruhi”ga asoslanadi. Bu oʻzaro ishonch, oʻzaro hurmat, oʻzaro manfaat, teng huquqlilik, oʻzaro maslahatlashuvlar, turli madaniyatlarga hurmat, birgalikda rivojlanish istagini nazarda tutadi, shuningdek, tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi keyingi hamkorlik uchun asosdir.

Tadbir doirasida “Diplomatiya: yurakdan yurakka” kitob-foto-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida OAV vakillari Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazining ommaviy axborot vositalari bilan ikki va koʻp tomonlama aloqalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий