Serbiya Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 

2023-yil 7-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Serbiya Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari turli sohalardagi Oʻzbekiston-Serbiya hamkorligini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama kun tartibining amaliy jihatlari boʻyicha fikr almashdilar.

Savdo va investitsiyaviy aloqalarni institutsionallashtirish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish, bu boradagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligining ayrim masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий