"Royal Mining Group" kompaniyasi raisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev "Royal Mining Group" kompaniyasi (Kuvayt) raisi Iad Al-Solihni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va mazkur kompaniya o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga Kuvayt investitsiyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tog‘-kon sanoati, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish materiallari sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий