Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

 

2022-yil 12-iyul kuni Moskva shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norovning Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muloqot chog’ida O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi. 

Tomonlarning konstruktiv o'zaro manfaatli siyosiy muloqot, iqtisodiy diplomatiyani va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada jadallashtirish tarafdori ekanligi qayd etildi.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni to’liq amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar. 

BMT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Bo'lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari, jumladan, 2022-yil 28-29 - iyul kunlari Toshkent shahrida o’tkaziladigan ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig’ilishi bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Rossiya tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni va uning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida ma’lumotlar berildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий