Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot bo’lib o’tdi

 O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbati bo'lib o'tdi.

2022-yil 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida O'zbekiston Respublikasi raisligida bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig'ilishining yakunlari muhokama qilindi.

Davlatlararo hamkorlikning, jumladan, O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to'g'risidagi deklaratsiya doirasidagi aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashinildi

O'zbekiston va Rossiyaning ikki va ko'p tomonlama kun tartibidagi barcha yo'nalishlar bo'yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий