Rossiya Elchisi bilan uchrashuv

 2023-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi voqealar rivoji, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vaziyatni hal qilish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar muhokama qilindi.

Afgʻoniston masalasiga bagʻishlangan turli tashabbus va platformalar doirasida boʻlajak xalqaro tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий