Rimda davra suhbati o‘tkazildi

 

2024-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rim shahrida Italiyaning 30 ga yaqin kompaniyalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi. Energetika, to‘qimachilik, transport, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar istiqboli haqida yetakchi kompaniyalar bilan samimiy suhbat qurildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi, ayniqsa, B2B shaklidagi muloqotlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi alohida ta’kidlandi. Vazir Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mariya Tripodiga har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий