Quvayt tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv haqida

 

2022-yil 7-sentabr kuni Ar-Riyod shahrida "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi yig'ilishi doirasida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va Quvayt Davlati tashqi ishlar vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabah o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko’rib chiqildi.

Sheriklikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash orqali aloqalar uzoq muddatli va tizimli xususiyat kasb etishi e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasida savdo va sarmoyaviy sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. O‘zaro munosabatlarni yanada yuqori rivojlanish darajasiga olib chiqish bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий