Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

 Qozog‘iston Respublikasiga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarimizga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadilar.

Agar Rossiya Federatsiyasida bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” bo‘limida (https://сервисы.гувм.мвд.рф.) maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun ta’qiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etiladi 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий