Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

 

2022-yil 17-noyabr kuni Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi: barqaror rivojlanish uchun global darvoza” xalqaro konferensiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Qozog'iston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ta'kidlanganidek, ikki mamlakat Rahbarlarining shaxsiy aloqalari, ishonchli muloqoti va qat'iy siyosiy irodasi tufayli O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. 

O'zbekiston-Qozog'iston yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Turli darajadagi bo'lajak tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari ko'rib chiqiladi.

Savdo, avtomobilsozlik, energetika, transport va logistika, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, shu jumladan Qozog'istonda O'zbekiston madaniyati kunlari va faylasuf Abay (Kunanbayev) merosiga bag'ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий