Qozog‘iston Elchisi bilan uchrashuv

 

2022-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Beybut Atamqulovni qabul qildi.

Uchrashuv Elchining vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Vazir Elchini lavozimga kirishishi bilan tabriklab, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi. Rejalashtirilgan tashriflar va qoʻshma tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, Qozogʻiston delegatsiyasining Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi hamda "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" oʻzaro bog‘liqlik konferensiyasida ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zaro tovar ayirboshlashning jadal o‘sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, sanoat, energetika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrishga tayyor ekani maʼlum qilindi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish va mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Qozog‘istonning madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga intilishi alohida ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, joriy yilning noyabr oyida o‘tkaziladigan “Qozog‘istonda O‘zbekiston madaniyati kunlari”ga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий