Qozog'iston Elchisi bilan uchrashuv

 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qozog'iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Darxon Satibaldini qabul qildi.

Suhbat davomida Elchining O'zbekiston-Qozog'iston yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo'shgan hissasi e’tirof etildi.

D.Satibaldini Turkiston viloyati Akim lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, V.Norov unga kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

D.Satibaldi O'zbekistondagi faoliyati davomida mamlakatni tubdan o'zgartirib, xalq farovonligi yuksalishiga xizmat qilgan jadal o'zgarishlarga guvoh bo'lganini ta'kidladi.

Elchi O'zbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda qo'llab-quvvatlagani va yaratilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. D.Satibaldi doimo O'zbekistonning do'sti bo'lib qolishiga hamda O'zbekiston-Qozog'iston aloqalarini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий