Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar to’g’risida

 

2023-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining turli jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda faol muloqotni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий