Qirg‘iziston Elchisi bilan uchrashuv

 

2023-yil 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayevni qabul qildi.

Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat Rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari yakunida qabul qilingan qarorlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar oliy va yuqori darajada rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmuniy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий