Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to'g'risida

 O'zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishi va “Markaziy Osiyo – Rossiya” shaklidagi Vazirlar yig'ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashuv o'tkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonmala darajadagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollarini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasida o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий