Qirg‘iz Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qirg‘iz Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Musa Jamanbayevni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-27-yanvar kunlari Qirg‘iz Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari, hukumatlari va hududlararo yo‘nalishida rejalashtirilgan muloqotlar jadvali, ularning tashkiliy hamda mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy aloqalar, hududlararo hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий