Qatar Tashqi ishlar vazirligi departament direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Davlati Tashqi ishlar vazirligining Osiyo departamenti direktori Yusuf Laram bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qatar ko‘p qirrali hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi, oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimi tashkiliy va mazmuniy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий