Qatar Tashqi ishlar vazirligi departament direktori bilan uchrashuv
2022-yil 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Qatar Tashqi ishlar vazirligi Inson huquqlari departamenti direktori Turki bin Abdulla Al Mahmudni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qatar hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi konstruktiv siyosiy muloqotni faollashtirishga o‘zaro tayyor ekani ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.