Qatar Elchisi bilan uchrashuv

 

2022-yil 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, Elchini lavozimga kirishgani bilan tabrikladi va uning masʼuliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot avvalida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Qatar tomonini futbol boʻyicha Jahon chempionati muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.

Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston va Qatar koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Tomonlar ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashganini qayd etib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni sezilarli darajada oshirish tarafdorligini bildirdilar.

Parlamentlararo muloqotni kuchaytirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Boʻlajak turli darajadagi qoʻshma tadbirlar jadvali boʻyicha soʻz yuritildi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий