Qatar Elchisi bilan uchrashuv

 

2024-yil 24-dekabr kuni tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Qatarning O‘zbekistondagi Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, savdo va investitsiyalar o‘sishi uchun yangi “drayver”larni izlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy merosini targ‘ib qilish kabi sohalardagi o‘zaro hamkorligining hali foydalanilmagan ulkan salohiyati ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий