Qatar Davlati Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi, Sivilizatsiyalar ittifoqi qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvga oid

 

2026-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qatar Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi hamda ushbu davlatning Sivilizatsiyalar ittifoqi qo‘mitasi raisi Ahmad bin Hasan Hammadiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qo‘shma tadbirlar, o‘zaro tashriflar almashinuvi va xalqaro anjumanlarni birgalikda tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий