Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini orttirish masalalari muhokama qilindi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Rahmatulla Nurimbetov va Muzaffar Madrahimov, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi  diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini orttirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan elektrotexnika, tekstil, ipakchilik, farmatsevtika va dorivor o‘simliklar, energetika, neft-gaz, kimyo sohalarida istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi. 

Eksport yo‘nalishida to‘qimachilik, dorivor o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xorijdan hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Bu borada O‘zbekistonning Yevropa va Arab davlatlaridagi Elchixonalari bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий