Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari

 

Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari,

Kasb bayramingiz kuni bilan Tashqi ishlar vazirligi jamoasi chin dildan tabriklashdan mamnun.  

Bugun jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan har qanday jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor hamda haqqoniy ma’lumotlarni  yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni tobora oshib bormoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar soni qariyb ikki barobarga oshdi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xorijiy auditoriyaga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.

Murakkab va sharafli kasbingizda yuksak ijodiy parvozlar tilaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Chuqur ehtirom bilan,

Tashqi ishlar vazirligi

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий