Prezidentining maxsus vakili AQSh elchisi bilan uchrashdi

 

2024-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQShning Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonaton Xenik bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Afgʻoniston boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilindi. Afg‘on yo‘nalishida muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik ta’kidlandi.

Tomonlar Toshkent va Vashingtonning afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha pozitsiyalari va yondashuvlari ko‘p jihatdan mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Suhbat chog‘ida joriy yilning fevral oyida BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish raisligida Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillarning uchrashuvi ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий