Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-mart kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladilar.
Ertaga, 2-mart kuni Bokuda eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri - Qo‘shilmaslik harakatining sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirning yalpi sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so‘zlaydi.