Prezident: Sarmoyadorlarni qo‘llab-quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi

 

"Ko‘ksaroy" qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli anjumanda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Ta’kidlanganidek, ajratilgan vaqt hamkorlikning barcha istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish imkonini bermaydi.  Shuning uchun Prezidentimiz  xorijiy investorlar bilan ishlashni quyidagi tartibda tashkil etish zarurligini aytdi.

Qayd etilgan har bir ustuvor yo‘nalishni amalga oshirish uchun investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida Sarmoyadorlarni qo‘llab-quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi.  

Ishchi guruh xorijiy investorlar kengashi huzurida faoliyat yuritadi hamda chet ellik sarmoyadorlarni kompleks va tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.  

Xususan, investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlarni “yagona oyna” tamoyili asosida ko‘rsatadi.

Yangi ishchi guruhning faoliyatini investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov muvofiqlashtirib boradi.

U boshqa barcha masalalardan ozod qilinib, bor e’tiborini faqat investorlar bilan ishlashga qaratadi.  

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий