Prezident Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Oliy darajadagi muzokaralarda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.