Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 

2023-yil 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Bilaval Bhutto Zardoriy bilan uchrashdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat muhokama qilindi.

Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

B.Bhutto-Zardoriy Oʻzbekiston tomonini Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik qilgani bilan tabrikladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий