Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aloyev Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti Bosh direktori Berik Arin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda B.Arin Toshkentda “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumining o‘tkazilishini yuqori baholadi. U mazkur forum oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanganini alohida ta’kidladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий