O‘zbekistondagi KOICA vakolatxonasining yangi tayinlangan direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi tayinlangan direktori Kim Myong Jin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston–Koreya taraqqiyot sohasidagi hamkorligining bugungi holati hamda uni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.

KOICAning O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasi qayd etildi. Sun’iy intellekt va raqamlashtirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalariga joriy etish, iqlim o‘zgarishi hamda suv resurslarini boshqarish masalalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Koreyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish va O‘zbekistonning milliy taraqqiyot ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda sheriklikni yanada kengaytirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va loyihalarini aniqlashda yaqin muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda muntazam fikr almashib borish muhimligi ham ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий