Ozbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Yillik yigilishi bolib otadi

 16-18 may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yigilishi bolib otadi. Bu yilgi tadbirning asosiy mavzusi (Investing in Resilience) Iqtisodiy chidamlilik va barqarorlikka investitsiyalar kiritish, deb nomlandi.

Tadbirda 73 davlatdan 2000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, xorijiy hukumatlar vakillari, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va texnologiyalar sohasidagi ekspertlar, shuningdek, yetakchi xorijiy OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Iqtisodiyot barqarorligiga investitsiyalar kiritish masalalari tadbirning asosiy mavzusi boladi. Yigilish davomida Bankka azo mamlakatlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish boyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish mavzulariga bagishlangan panel munozaralari otkazilishi ham rejalashtirilgan.
Tadbir shuningdek, YeTTBga otgan yil davomida erishgan yutuqlarini tahlil qilish va rejalar tuzish imkoniyatini beradi.
Yigilish asosiy tadbirlaridan biri Ozbekistonning investitsiyaviy istiqbollari togrisidagi sessiya boladi. Unda mamlakat iqtisodiyotining kutilayotgan osish suratlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Tadbirning uch kunlik kun tartibidan ekspertlar ishtirokidagi turli mavzularda, jumladan, mintaqalar va alohida mamlakatlarga bagishlangan bir qator panel munozaralari ham orin olgan.
Ular qatoridan:
 xalqaro savdo munosabatlari;
 energiya xavfsizligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari;
 kichik va orta biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyati;
 rivojlanayotgan bozorlarda raqamlashtirish jarayonlari;
 YeTTB Yashil shaharlar dasturi;
 YeTTBning Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar mavzusidagi asosiy makroiqtisodiy tadqiqoti va boshqalar orin olgan.
Yigilish davomida xalqaro ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtadi. Unda makroiqtisodiy vaziyat, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda xususiy sektor va davlatning roli, hududlararo aloqalar, iqtisodiy integratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, raqamlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan ekspert muhokamalari otkaziladi.
Malumot uchun: Ozbekiston YeTTBga 1992-yil 30-aprelda azo bolgan. Respublika umumiy qiymati 44,1 million yevroga teng Bankning 4200 dona aksiyasiga egalik qiladi. Bankning vakolatxonasi Toshkent shahrida 1993 yil may oyida ochilgan. Andijonda  2019-yil oktabrda, Urganchda  2021-yil iun oyida. Qarshi shahrida ham Bank ofisini ochish rejalashtirilgan.
Bank Ozbekistonda oz faoliyatini boshlaganidan buyon iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 3,4 milliard yevrodan ortiq 100 ta loyiha va dasturlarni moliyalashtirishni maqulladi (893 million yevrolik 7 ta loyiha ishlab chiqish jarayonida). Ozbekiston MDH davlatlari orasida YeTTB eng kop sarmoya kiritadigan davlat hisoblanadi.
YeTTB loyihalari kichik biznes, moliya sektori, transport infratuzilmasi va energetikani rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, Bank tomonidan ajratilgan mablaglarning asosiy miqdori togridan-togri investitsiyalarga togri keladi.
Bunday darajadagi tadbirning otkazilishi Ozbekistonning xalqaro investitsiya maydonidagi obrosini oshirishga ijobiy tasir korsatishi, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillariga Ozbekistonning iqtisodiy, sarmoyaviy va sanoat sohalarining salohiyati va mamlakatimizning boy madaniyati bilan batafsil tanishish imkonini berishi kutilmoqda.
 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий