O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi

 

2023-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar masalalari bo‘yicha Kanselyariyasi rahbari Van I bilan uchrashdi.

Tomonlar oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida, jumladan, Xitoy Raisi Si Szinpinning 2022-yil sentabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Tinchlik va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Xitoy pozitsiyalari mushtarakligi, shuningdek, ikki davlatning BMT, ShHT va boshqa xalqaro institutlar doirasida yaqin hamkorlik qilishda qat’iyligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda joriy yilda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarning tashkiliy va mazmuniy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий