O‘zbekiston va Xorvatiya hamkorligida yangi sahifa
2024-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich Radman bilan uchrashdi. Uchrashuv kun tartibi juda keng bo‘lib, hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qamrab oldi. Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va bundan buyon dinamik almashinuvni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Oldinga yangi maqsadlar qo‘yildi, kelgusi yil rejalari muhokama qilindi va mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.
Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vazirining mamlakatimizga birinchi tashrifi O‘zbekiston-Xorvatiya ikki tomonlama munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Tashqi isjlar vazirliklari o‘rtasida Hamkorlik va maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi Bayonnoma imzolandi.