O‘zbekiston va xalqaro tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi masalalari muhakama qilindi

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari bilan muvofiqlashtiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha interaktiv fikr almashinuvi bo‘ldi. Hamkorlikning joriy holati va uni milliy rivojlanish ustuvorliklari kontekstida kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, yaqinlashib kelayotgan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik, shuningdek, amaldagi mamlakat dasturlarining ijrosi muhokama qilindi. O‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yangi strategik hujjatlarni ishlab chiqish masalalari ham ko‘tarildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий