Oʻzbekiston va Vetnam tashqi ishlar vazirlari Xanoy shahrida muzokaralar o‘tkazdi
2024-yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam tashqi ishlar vaziri Buy Txan Shon bilan uchrashdi.
Vetnam tomoniga O‘zbekiston delegatsiyasi Xanoy shahrida samimiy kutib olingani uchun minnatdorlik bildirildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vetnam tashqi ishlar vazirliklari ikki tomonlama munosabatlardagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun yaqindan hamkorlik qilishi ta’kidlandi. Uchrashuv kun tartibi keng bo‘lib, ko‘plab mavzularni qamrab oldi. Boshqa yo‘nalishlar qatorida iqtisodiy diplomatiyada ulkan imkoniyatlar mavjudligini qayd etildi.