O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 2024-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining tobora kengayib borayotgan kun tartibi muhokama qilindi. 2023-yilning muvaffaqiyatli yakunlari sarhisob qilinib, 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий