O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat yetakchilari yaqinda Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida ro‘y bergan fojiali voqealar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar. Davlatimiz rahbari insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Vaziyatni normallashtirish yuzasidan kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining asosiy yakunlari va uning doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajadagi tadbirlar davomida qabul qilingan, eng avvalo, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va ilgari surish bo‘yicha qarorlarni tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий