O‘zbekiston va Serbiya TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

 

2023-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachich bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning qator yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. O‘zaro munosabatlarni, ayniqsa, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий