O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

 

2024-yil 26-noyabr kuni Lissabon shahrida (Portugaliya) o‘tkazilayotgan Sivilizatsiyalar alyansining 10-forumi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Serbiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nikola Stoyanovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish va madaniy-gumanitar sohada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladilar.

Migratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qonuniy migratsiyani rag‘batlantirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий