O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi
15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Vazirlar ikki mamlakat o'rtasida turli darajada bo'lajak tadbirlar jadvali ancha kengligini qayd etishdi. Davlat Rahbarlari oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishda tashqi ishlar vazirliklari barcha imkoniyatlarini safarbar qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, muloqot jarayonida keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarni, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikni boyitish masalalari ham muhokama qilindi.