O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 

16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi. Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, vazirlar davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari misli ko‘rilmagan sur’atlar ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий