O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari mintaqaviy loyihalarni yanada ilgari surish muhimligini ta’kidladilar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘smoqda, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi ro‘yobga chiqarilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий