Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi TIV rahbarlari oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi
2023-yil 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar ushbu muhim sana munosabati bilan o‘zaro tabriklar almashdilar. Keyingi yillarda oliy darajadagi faol va ishonchli muloqot tufayli O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilinib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga e’tibor qaratildi.