O‘zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligi kun tartibi tobora kengayib borayotgani va samarali ikki tomonlama munosabatlarning ko‘plab sohalarini qamrab olishi qayd etildi. Suhbat chog‘ida hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ijobiy sur’at kuzatilayotgani bildirildi hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari yaqin aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyorligi ta’kidlandi.