O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

 

2024-yil 26-noyabr kuni Lissabon shahrida (Portugaliya) O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmad Siddiqiy bilan uchrashdi.

Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.

Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hududlararo aloqalarni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama tashriflar jadvalini ham ko‘rib chiqdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий