O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 

9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. Keng qamrovli muzokaralar dinamik ikki tomonlama kun tartibining aksariyat mavzularini qamrab oldi.

Vazir Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida erishilgan tarixiy kelishuv bilan hamkasbini tabrikladi. Qo‘shma deklaratsiya keng mintaqada uzoq muddatli tinchlik va farovonlikni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bu, shubhasiz, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz oʻrtasidagi koʻpriklarni mustahkamlash uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishiga urg‘u berildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий