O‘zbekiston va O‘mon tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston va O‘mon boy tarixiy va madaniy meros bilan bog‘langanligi, farovon taraqqiyot yo‘lida mushtarak qarashlarga ega ekanligi qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va O‘mon tashqi ishlar vazirliklari kengayib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikni yanada boyitish yo‘lida ustuvor yo‘nalishlarni, jumladan, savdo va iqtisodiyot, "yashil" energetika, o‘zaro bog‘liqlik, kadrlar salohiyatini oshirish, xalq diplomatiyasini ilgari surish masalalari hamda mintaqaviy va global kun tartibi muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risidagi shartnoma ham imzolandi.