Oʻzbekiston va Oʻmon savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2024-yilning 27-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Oʻmon savdo-sanoat palatasida ushbu davlatning savdo, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad bin Musa al-Yusuf va Savdo-sanoat palatasi raisi Shayx Faysal bin Abdulloh al-Ravos bilan muloqot oʻtkazdi. Suhbat chogʻida O‘zbekiston va O‘mon savdo-sanoat palatalarining iqtisodiy, investitsiyaviy va hududlararo hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim rol oʻynashi ta’kidlandi. Tomonlar o‘zaro manfaatli va aloqalarni yaxshilashga hissa qo‘shadigan bir qator muhim yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdilar. Biznes vakillari o‘rtasida o‘zaro almashinuv va B2B uchrashuvlarini davom ettirishga kelishib olindi. Shuningdek, qator shartnomalarni imzolash marosimi ham o‘tkazildi.